Huawei 1
“Jahon chempionligini nishonlayotgan paytimda Messi g'azablanib, menga ichishni bas qilishimni aytdi”, — Aguero

Argentinalik sobiq futbolchi Serxio Aguero Messi uning JCH-2022’dagi gʻalabani nishonlash paytidagi xatti-harakatlaridan norozi boʻlganini aytdi.

“Men koʻp ichib yubordim. Axir, biz Jahon chempioni boʻlgandik. O'sha paytda, ”menga biror narsa boʻlsa, oʻsha yerda boʻla qolsin”, — degan qarorga keldim. Leo esa gʻazablanib, menga toʻxtashimni aytdi. Lekin buni qanday qila olardim? Biz jahon chempioni boʻldik va juda xursand edik. Lekin, bir necha marta uning jahl bilan qarashidan so'ng ichishni bas qildim”, – deydi Aguero.

Eslatib o'tamiz, JCH-2022 finalida argentinaliklar Fransiyani magʻlub etishdi (3:3, pen – 4:2) va 36 yil ichida ilk bor chempion boʻlishdi. Aguero o'tgan mavsumda yurak xastaligi tufayli faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101616 | Инструменты