Huawei 1
O‘zbekistonda 6 xil tovar uchun ekologik yig‘im joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda 6 turdagi tovar uchun ekologik yig‘im joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 14 avgust kuni prezidentga taqdim etgan rejasida ko‘rsatilgan.

Eko-yig‘im quyidagi tovarlarga joriy etilishi mumkin:

  • batareyka va akkumulyatorlar;

  • transport vositalari;

  • moylash materiallari;

  • qadoq mahsulotlari;

  • shinalar va rezina kameralar;

  • shisha mahsulotlari.

Ekologik yig‘im miqdori qancha bo‘lishi xabarda aytilmagan.

Taqdimotga ko‘ra, hozir chiqindilarning katta qismi poligonlarga yuboriladi, qayta ishlash darajasi past bo‘lib, shinalar bo‘yicha 17 foiz, shisha bo‘yicha 6,3 foiz, plastmassa bo‘yicha esa 11,2 foizni tashkil etadi.

Yillik hosil bo‘ladigan chiqindi hajmi plastmassa bo‘yicha 1,8 million tonna, elektron chiqindi — 144 ming tonna, shisha — 647 ming tonna, moy — 250 tonna va rezina bo‘yicha 217 ming donani tashkil qiladi. Shuningdek, 2035 yilga qadar elektr chiqindilar hajmi 10 ming tonnaga ortishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81618 | Инструменты