Hozir eng muhimi shunchaki o‘t ochishni to‘xtatish emas, balki tinchlik kelishuviga erishishdir. Donald Tramp bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvdan ham, undan keyin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan o‘tkazilgan telefon suhbatdan ham mamnunman. Hamma “Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi dahshatli urushni tugatishning eng yaxshi yo‘li bu urushni yakunlaydigan tinchlik kelishuviga erishish, tez-tez buziladigan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bitim emas”, degan yagona fikrga keldi", — deb yozdi AQSH prezidenti.
Tramp, shuningdek, dushanba kuni kunduzi Zelenskiy Vashingtondagi Oq uy Oval kabinetiga kelishini bildirdi.
"Agar hammasi muvaffaqiyatli bo‘lsa, biz prezident Putin bilan uchrashuvni tashkillashtiramiz. Bu millionlab insonlarning hayotini saqlab qolishi mumkin", — deya qo‘shimcha qildi Donald Tramp.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81618 | Инструменты