O'zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish va ularni tekshirish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan 22-sentyabr kuni “Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi haqida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan shikast yetkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida shikastlanish holatlari tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.

Baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan taqdirda, ish beruvchi quyidagilarga majbur:

  • jabrlanuvchiga zudlik bilan shifokordan oldingi birinchi yordam ko‘rsatish va zarur bo‘lganda uni tibbiy muassasaga olib borish;
  • baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan taqdirda, tegishli organlar va tashkilotlarni, shuningdek, jabrlanuvchining yaqinlarini xabardor qilish va boshqalar.

Baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol bo‘linma rahbariga xabar berishi kerak. Bo‘linma rahbari jabrlanuvchiga zudlik bilan shifokordan oldingi birinchi yordam ko‘rsatishi va uni tibbiy-sanitariya qismiga yoki boshqa tibbiyot muassasasiga yetkazishni tashkil etishi kerak.

Shuningdek, baxtsiz hodisani maxsus tekshirish komissiyasi ishni boshlaguncha vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz bergan vaqtda qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlab qolishi lozim.

Baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki tashkilot xodimlarining boshqa vakillik organiga darhol xabar qilishi zarur. 

Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:

  • salomatlikka yetkazilgan zararning og‘irlik darajasidan qat’i nazar, bir vaqtning o‘zida 2 va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhli baxtsiz hodisalar;
  • oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir baxtsiz hodisalar;
  • oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92413 | Инструменты