Saida Mirziyoyeva BMTda xalqaro hamjamiyat e’tiborini Orol dengizi fojiasi va ekologik yechimlarga qaratdi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida nutq so‘zlab, xalqaro hamjamiyat e’tiborini Orol dengizi fojiasi, ekologik mas’uliyat va tabiatni tiklash masalalariga qaratdi.

U Orol dengizining qurishi tabiiy ofat emas, balki o‘nlab yillar davomida qabul qilingan noto‘g‘ri qarorlar va tabiatga adolatsiz munosabat oqibati ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Yangi O‘zbekiston bu falokat oqibatlarini yumshatish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilganligini qayd etdi.

"Suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etyapmiz. 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. Biz Orolbo‘yining faqat ekologik fojia ramzi bo‘lib qolishini istamaymiz. U ekologik yechimlar sinovdan o‘tadigan hududga aylanishi kerak", — dedi Saida Mirziyoyeva.

U, shuningdek, O‘zbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54% ga yetkazishni maqsad qilganini aytib o‘tdi. Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027–2036-yillar “O‘rmonzorlashtirish va o‘rmonlarni qayta tiklash bo‘yicha harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilingan. Bu ham mamlakatning ekologik muammolarni xalqaro hamkorlik va amaliy yechimlar asosida hal etishga intilayotganligining isbotidir.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasi minbarida O'zbekiston hozirgi siyosiy qaltis vaziyatda kim tomonida ekanligini ham aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92413 | Инструменты