Natijalar: 126731

Oʻzbekistonda dori vositalarini retseptsiz sotish toifasiga kiritish tartibi yangilandi

Oʻzbekistonda dori vositalarini retseptsiz beriladigan toifaga kiritish mezonlari yangilandi. Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan yangi tartibga koʻra, endi kombinatsiyalangan preparatlar ham erkin savdoga chiqarilishi, rad javobi olgan tadbirkorlar esa uch yil kutmasdan qayta ariza topshirishi mumkin.

O'zbekiston 2027-yilda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga 176 trln so‘m yo‘naltiradi

2027 yilgi Davlat byudjeti muhokamasida ta’lim va sog‘liqni saqlash xarajatlarini oshirish taklif etildi. Undan tashqari, hududlarni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish uchun qo‘shimcha 70 trln so‘m ajratish rejalashtirilgan.

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib beriladi

Havo harorati keskin pasaygan davrda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida boshqa toifadagi iste’molchilarga belgilangan tartibda vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin.

Toshkentda 9 oyda OIV bilan kasallanganlar 307 taga ko'paydi

Toshkent shahrida 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida OIV infeksiyasining 307 ta yangi holati qayd etildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 17 taga kam.

JSST: O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda sil kasalligidan o‘lim holatlari 75% ga kamaydi

Biroq dori vositalariga chidamli sil kasalligi — mintaqa uchun hamon dolzarb muammolardan biri. Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda bunday holatlar ulushi nisbatan yuqori.

Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘ymaslik qat’iy belgilandi

Ish beruvchi mehnat jamoasida shahvoniy shilqimlikdan xoli muhit yaratish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi shartligi belgilandi. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O'zbekistonda mahkum ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi

Prezident jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkuma ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Uchrashuvda sun’iy intellekt davrida oliygohning kelajagi, yangi rivojlanish strategiyasi va istiqboldagi ustuvor yo'nalishlari yuzasidan o'zaro fikr almashildi.

O‘zbekistonda 2027-yilda ham asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoladi

2027-yilda asosiy soliq stavkalarini o‘zgarishsiz saqlab qolish, yalpi ichki mahsulot hajmini 232 milliard dollarga yetkazish va inflyatsiyani 6 foizgacha pasaytirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonning 2027-yilgi davlat budjetida ta'lim va tibbiyot sohalariga 176 trillion so‘m ajratiladi

2027-yilda budjetning ijtimoiy yo'naltirilganligi saqlab qolinib, ta’limga 114,3 trillion so‘m hamda sog‘liqni saqlash tizimiga 61,4 trillion so‘m, jami 176 trillion so‘mga yaqin mablag' yo'naltirilishi belgilandi.


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111603 | Инструменты