9-noyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha 31-konferensiyasi (UNFCCC COP31) oʻz ishini boshladi. Unda davlatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, ekspertlar hamjamiyati hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda.
2026-yilning dastlabki 9 oyida ichki bozorda xorijiy valyutaga boʻlgan talab 17,9 foizga oshgan boʻlsa, valyuta taklifi undan ham tezroq — 25,3 foizga oʻsdi. Bu davrda korxonalarning eksport tushumlari 28,1 foizga oshib, 16,6 mlrd dollarni tashkil etdi, aholi esa banklarga oʻtgan yilga nisbatan 1,2 barobar koʻp dollar sotdi. Katta hajmdagi valyuta kirib kelishi natijasida soʻm kursi barqarorlashdi va sentabr yakunida $1 - 11 821 soʻmni tashkil etib, yil boshiga nisbatan qadri oshdi.
O‘zbekiston 2027–2029-yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasiga raislik qiladi va ekologik vaziyatni yaxshilashga 3,3 milliard dollar yo‘naltiriladi. Prezident suv resurslarini taqsimlashni avtomatlashtirish, qurg‘oqchilikning oldini olish hamda Afg‘oniston bilan konstruktiv hamkorlikni kengaytirish vazifalarini belgilab berdi.
Shu bilan birga Prezident qaroriga ko'ra, “Bo‘zatov agrostar” kompaniyasi tashkil etiladi. Unda cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘larini granulalash, kapsulalash va dron yordamida ekish ishlari amalga oshiriladi.
Bu bo'yicha Toshkent shahrida Markaziy Osiyo – Xitoy (C5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik boʻyicha Ishchi guruhining uchinchi anjumani boʻlib oʻtdi.
Uning ishga tushirilishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismida elektr energiyasi ta’minotini yanada mustahkamlash, shuningdek, mavjud elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklamani maqbul taqsimlash imkonini beradi.
Forumda ikki mamlakat oʻrtasidagi gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, an’anaviy qadriyatlarni targʻib etishda OAVning oʻrni hamda zamonaviy media makonidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Ushbu platforma 2027-yilda sinov tariqasida avvalo Toshkentning Olmazor tumanida ishga tushiriladi. Unda jinoyatchilik dinamikasi ogʻir hududlarga elektron xabarnomalar yuboriladi, mahalla va tumanlar reytingi nazorat qilib boriladi.
O‘zbekistonda xususiy klinikalar soni 9 mingdan oshdi va kelgusi yildan shifokorlarni xalqaro standartlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy qilinadi. Prezident 2027-yildan mutaxassislar to‘liq rezidentura orqali tayyorlanishini va tibbiyot byudjeti 49 trillion so‘mga yetganini ma'lum qildi.