Qarorga köra, Toşkent şahri, Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq, Qibray, Yangiyöl, Zangiota va Toşkent tumanlari issiqxona xöjaliklari faoliyati uçun maxsus ekologik tartib joriy etiladigan hudud etib belgilandi. Issiqxona xöjaliklarida şinalar, bitum, mazut, plastmassa va polimer plyonkalar, sintetik karton, rezina, jun tolasi, işlatilgan moylar, maişiy va işlab çiqariş çiqindilarini hamda şunga öxşaş tarkibli materiallarni yoqilği sifatida yoqiş qat’iyan taqiqlanadi.