Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi va Ummon Sultonligi oʻrtasida imzolangan Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim oʻzaro munosabatlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan boʻlib, hamkorlikning barcha jabhalarini rivojlantirishni koʻzda tutadi.
Uchrashuvda qoʻshma loyihalarni ilgari surish maqsadida Oʻzbekiston – Oʻmon investitsiya kompaniyasining ustav kapitalini ikki barobarga oshirib, 500 million dollarga yetkazishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ayvonlar Vashingtondagi tarixiy West Potomac Park hududida oʻrnatildi. Ular Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik ramzi boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.
Masqat shahrida Shavkat Mirziyoyev va Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidni ikki mamlakatning oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "The Muslim 500 – The World’s 500 Most Influential Muslims" xalqaro nashrining 2027-yilgi reytingida dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni qatoridan joy oldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Antaliyada o‘tayotgan COP31 sammiti doirasidagi Jahon yetakchilari yalpi majlisida nutq so‘zlab mintaqaviy iqlim integratsiyasi modelini rivojlantirish tashabbusini ilgari surdi. Davlat rahbari Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ushbu yo'nalishdagi hamkorlikni axborot, texnologik va moliyaviy sohalarda boshlash taklifini kiritdi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga chidamli landshaftlarni yaratish bo‘yicha 264,4 million yevrolik mintaqaviy dasturda ishtirok etadi. Prezident Antaliyada o‘tayotgan COP31 sammiti doirasida mazkur dasturga start berilganini ma'lum qilib, uning 103,7 million yevrosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekistonga yo‘naltirilishini ta'kidladi.
Uchrashuv davomida 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan TDT sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori tashkiliy saviyada va mazmunli o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida qiymati qariyb 12 milliard AQSH dollarini tashkil etgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasini, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va hududlararo aloqalarni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.