Lotning boshlang‘ich bahosi 16,7 mlrd so‘m
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida joylashgan “Kinder fruits” kompaniyasining 100% davlat ulushini auksionga qo‘ydi. Bu bo'yicha ma'lumot E-auksion saytiga joylashtirildi.
Lotning boshlang‘ich bahosi 16,7 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 838 mln so‘mni tashkil etmoqda. Kompaniyaning ustav fondi — 16,7 mlrd so‘m.
Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni 1,46 ga, bino va inshootlarning egallagan maydoni esa 5 ming kv.metrni tashkil etadi.
Mazkur lot uchun arizalar joriy yilning 12-dekabri, soat 09:00ga qadar gacha qabul qilinadi hamda auksion shu kuni soat 10:00 da boshlanadi.
Arizalar ushbu havola orqali qabul qilinadi. Batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin. Quyida bino suratlari:
Eslatib o'tamiz, avvalroq Navoiydagi "Nurota" mehmonxonasi sotuvga qoʻyilgan. Shuningdek, Namangandagi neft bazasi, Toshkent markazida joylashgan, AKT vazirligi balansida bo‘lgan bino sotuvga qo‘yilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81614 | Инструменты