Binoning boshlang‘ich narxi 18,3 mlrd so'm
Navoiyda joylashgan “Nurota” mehmonxonasi auksion savdosiga qoʻyilgan. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.
Boshlangʻich sotuv narxi 18,3 mlrd soʻm deya baholangan boʻlsa, zakalat puli esa 915 mln soʻmni tashkil qiladi.
Umumiy maydoni 926,8 kv metrni tashkil etadigan mehmonxonada elektr energiyasi, suv va kanalizatsiya bor.
Auksion 14-noyabr kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati shu kuni soat 09:00 da yakunlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20103 | Инструменты