Toshkent shahri markazida joylashgan, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi balansida bo‘lgan bino onlayn-auksionga qo‘yildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri Mirobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan davlat obyekti 66,5 mlrd so‘mlik boshlang‘ich narxda auksionga chiqarilgan.
"Bu belgilangan boshlang‘ich narx ko‘cha narxidan sezilarli arzon (albatta, haqiqiy talabgorlar bo‘lsa, auksion jarayonida bu narx karrasiga oshib ketishi mumkin)",-deydi sotuvga munosabat bildirgan huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Bunda, birinchi bosqich bahosi 3,3 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Auksion savdosi oshirib borish uslubida o‘tkazilishi yozilgan.
Savdo 30-oktyabr kuni soat 10:00da boshlanadi. Arizalar 30-oktyabr kuni soat 9:00 gacha qabul qilinadi.
Davlat ko‘chmas mulki obyekti oldi-sotdi shartnomasi bayonnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng, 10 ish kunidan kechiktirmay sotuvchi, balansda saqlovchi va auksion savdolarining g‘olib o‘rtasida tuziladi.
Agar auksion g‘olibi 5 ish kuni ichida operator xizmat haqiga yetarli mablag‘larni to‘lamagan yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda, auksion salohiyatli g‘olibi mavjud bo‘lsa, unga operator xizmat haqida yetarli mablag‘larni to‘lash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi.
Agar salohiyatli g‘olib mazkur mablag‘ni to‘lamaganda yoxud mavjud bo‘lmaganda, takroriy auksion savdolariga chiqariladi.
Hujjatda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi tegishli qarori davlat obyektini xususiylashtirish uchun asos qilib olingan.
Bino 2012-yilda qurilgan.
Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni - 2644 metr kv.
Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni - 3666 kvadrat metr.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81700 | Инструменты