Namanga viloyati, Pop tumanidagi neft bazasi kimoshdi savdosida sotuvga qo‘yildi. Bu haqida “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Qurilgan yili noma’lum bo‘lgan ushbu bazaning umumiy maydoni — 39 gektar. Binoning maydoni — 11707,06 kvadrat metr.
Neft bazasida suv, elektr va gaz ta’minoti bor. Ammo kanalizatsiya tizimi yo‘lga qo‘yilmagan.
Auksionga qo‘yilgan bazaning boshlang‘ich bahosi — 217,8 mlrd so‘m. Zakalat puli miqdori 5% ya'ni 10,8 mlrd so'm.
Arizalar 28-noyabr 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi. Savdo oshirib borish uslubida o‘tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkent markazida joylashgan, AKT vazirligi balansida bo‘lgan bino sotuvga qo‘yilgani xaqida xabar bergandik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81700 | Инструменты