Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasi minbarida nutq so'zladi

Prezident adminstratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyev ayni paytda Nyu-Yorkda bo'lib turibdi. U bugun BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘zladi.

Mirziyoyeva O'zbekistonning tanlagan yo‘li aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot ekanligini, davlat tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdori ekanligini ta'kidladi.

Adminstratsiya rahbari ushbu nutqida Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

"Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor",-deya yozadi Saida Mirziyoyeva.

Kecha, PA rahbarligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuv o'tkazgan. Unda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasi muhokama qilindi. Undan avval Saida Mirziyoyeva АQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashib qator masalalarni muhokama qilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92412 | Инструменты