Huawei 1
2 ta OTMda madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti ochiladi

2021/2022 oʻquv yilidan:
- Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlari;
- Buxoro arxitektura va qurilish kollejida Madaniy meros obyektlarini asrash yoʻnalishi ochiladi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligining moddiy madaniy meros sohasidagi YUNESKO bilan ishlash hamda muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari Turizm va sport vazirligi hamda Madaniy meros agentligiga oʻtkazildi.  
 
 2021-yil davomida moddiy madaniy meros obyektlari, muzey, sport majmualari va boshqa namoyish obyektlarida elektron toʻlov, turniket (lazer-datchikli) va video qayd qilish moslamalarini oʻrnatishni, kirish biletlarini oldindan sotib olishni nazarda tutuvchi yagona markazlashgan elektron tizim joriy etiladi.

2021-yil 1-sentyabrga qadar mazkur tizim namuna sifatida Samarqand shahrida yoʻlga qoʻyiladi.

Bu borada “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5054-son, 06.04.2021-y.) qabul qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112210 | Инструменты