Nigeriyada noodatiy jahon rekordi o’rnatildi. 17 yoshli Filipp Solomon yarim daqiqa ichida bir oyog’ida arqon bilan 153 marta sakrashga muvaffaq bo’ldi.
Uning videosi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo’ldi. Yutuq esa allaqachon Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Sulaymon avvalgi o’rnatilgan rekord natijadan sakkizta ko’proq sakrashga erishdi. Bundan oldingi rekord ikki yil avval Bangladeshda istiqomat qiluvchi Russel Islom tomonidan o’rnatilgan edi.
Avvalroq yaponiyalik Sadatoshi Vatanabe o’tirgan holda 30 soniya ichida 104 marta arqondan sakrab o’tib Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi.
Eslatib o'tamiz, bundan avval Avstraliyalik erkak bir soat ichida 3200 dan ortiq "otjimaniya" qilib, jahon rekordini o'rnatgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122918 | Инструменты