Huawei 1
Toshkentda yo’lni belgilanmagan qismidan kesib o’tayotgan piyodalarni “Spark” haydovchisi urib yubordi (Video)

Toshkent shahar Olmazor tumanida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tgan ayol vafot etdi. Bu haqda UZREPORT TV kanalining yangiliklar dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 27-mart kuni sodir bo‘lgan. Er-xotin piyodalar yo‘lining belgilanmagan qismidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Dastlab ularga "Damas" rusumli avtomashina haydovchisi yo‘l bergan, ammo orqada "Sparni boshqarib kelayotgan ayol tormoz bosishga ulgurmay, ikki piyodani urib ketgan.

Buning oqibatida piyoda ayol qorin bo‘shlig‘i, ko‘krak qafasi jarohati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasiga yotqizilgan. 

Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u o‘sha kuni soat 15:10 da jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123103 | Инструменты