Huawei 1
Dunyodagi eng katta SpaceX raketasi uchirilganidan ko‘p o‘tmay portlab ketdi (Video)

Ilon Maskning SpaceX o‘ta og‘ir Starship raketasining birinchi sinov parvozi portlash bilan yakunlandi.

Parvoz avval muvaffaqiyatli boshlandi: raketa uchirish maydonchasidan ajralib chiqdi va to'rt daqiqa ichida yerdan 30 km balandlikka ko'tarila oldi. Biroq Super Heavy raketasining bir nechta dvigatellari ishga tushmadi, birinchi bosqich qismining ajralishi yuz bermadi, kema osmonda aylana boshladi va portladi.

Kompaniya Twitter’da ta’kidlaganidek, ushbu sinov parvozi kelajakdagi sinovlar uchun raketaning ishonchliligini oshirishga yordam beradi.

“SpaceX jamoasini Starship’ning hayajonli sinov parvozi bilan tabriklaymiz! Biz bir necha oydan so‘ng navbatdagi test sinovimiz uchun ko‘p narsani o‘rgandik”, - deb yozdi Mask Twitter’da.

Uchuvchisiz kosmik kema Toshkent vaqti bilan 18:33 da Texasning Boka-Chika shahridagi Starbase’dan havoga ko‘tarildi. Butun parvoz taxminan 90 daqiqa davom etishi kutilgandi. Parvoz davomida Starship Yer atrofida qisman aylanib, Gavayi yaqinidagi Tinch okeaniga tushishi kerak edi.

SpaceX veb-saytiga ma’lum qilinishicha, Starship – hozirgacha ishlab chiqarilgan eng baland kosmik kema bo'lib, u ko’p marta qayta ishlatilishi, hamda 150 tonnagacha yukni ko'tarishga qodir. Kema odamlar va yuklarni Oy va Marsga yetkazish uchun yaratilgan. Uning uchun 33 dvigatelga ega Super Heavy o'ta og'ir raketa ishlab chiqilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122910 | Инструменты