Huawei 1
Hyundai elektromobili yilning eng yaxshi avtomobili deb tan olindi (Video)

World Car Of The Year (WCOTY) tanlovi 2023-yil uchun g‘oliblarni e’lon qildi. Asosiy nominatsiya bo‘yicha sovrinni Koreyaning Hyundai Ionic 6 elektromobili qo‘lga kiritdi.

Bu elektr motorga va avtomatik uzatmalar qutisiga ega avtomobil. Dvigatel quvvati 151 dan 325 ot kuchigacha, maksimal tezligi 185 km/soat. Eng kuchli dvigatelda elektromobil 100 km/soat tezlikka 5,1 soniyada erishadi.

Hyundai Ionic 6, shuningdek, Britaniya avtomobil ishlab chiqaruvchisi Land Rover Range Rover va Amerikaning Lucid Air kompaniyalarini ortda qoldirib, “Yil elektromobili” va “Yil dizayni” nominatsiyalarida ham mukofotni qo‘lga kiritdi.

World Car Of The Year tanlovi har yili o'tkaziladi. Uning hakamlar hay'ati tarkibiga turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq avtomobil jurnalistlari kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122918 | Инструменты