Huawei 2
Xitoylik 9 yoshli maktab o'quvchisi Rubik kubigini terish bo’yicha jahon rekordini yangiladi (Video)

Xitoylik o’quvchi bola Rubik kubigini terish bo’yicha jahondagi o’rtacha vaqt rekordini yangiladi. To’qqiz yoshli Yixang Vang avvalgi rekordchilar - amerikalik Maks Park va polshalik Timon Kolasinski qayd etgan 4,86 soniyalik natijani ortda qoldirdi.

Malaziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo’lib o’tgan boshqotirma ustalari musobaqasida Yixangning kubikni terish vaqti 4,69 soniyani tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, rekordchi Rubik kubigini besh marta - 4,35 soniya, 3,90 soniya, 4,41 soniya, 5,31 soniya va 6,16 soniyalik vaqtda tergan.

Xalqaro kubing assotsiatsiyasi qoidalariga ko’ra, o’rtacha ko’rsatkichni hisoblashda eng tez va eng sekin natijalar hisobga olinmaydi. Yixangning beshta natijasidan ikkinchisi (3,90 soniya) tarixda eng tezkor terish bo'yicha beshinchi natija bo'ldi. Eng tez terish bo'yicha rekord natija 2018-yilda xitoylik Yushen Duga tomonidan qayd etilgan. U Rubik kubigini terishni 3,47 soniyada yakunlagan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Yixang 2023-yilda ishtirok etgan uchta spidkubing musobaqalarining barchasida g’olib chiqqan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga