Yaponiyaning Tokioga qo‘shni bo‘lgan Chiba prefekturasi ma’muriyati vakillari ikki kun ichida Isumi va Itinomiya shaharlari o‘rtasidagi qirg‘oqda qirqdan ortiq delfinlarni aniqlashdi. Ularning bir nechtasi nobud bo‘lgan, deya xabar bermoqda Kyodo agentligi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba kuni prefektura politsiya bo‘limiga qirg‘oqdan topilgan delfinlar haqida bir necha bor qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan. Hammasi bo'lib, mutaxassislar 33 ta delfinlarni topishgan va ularning aksariyatini yana suvga qaytarib yuborishga muvaffaq bo'lishgan.
Ammo bir kun o’tib, xuddi shu hududlarda yana sakkizta delfin topilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kun ichida yettita delfin halok bo‘lgan.
Sutemizuvchilarning qirg'oqqa chiqib kelishining aniq sababi haligacha ma'lum emas.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112406 | Инструменты