Huawei 1
HBO Max platformasi yangi "Garri Potter" serialining birinchi treylerini taqdim etdi (Video)

Amerikaning HBO Max striming platformasi Garri Potter haqidagi yangi serialning ilk tizerini taqdim etdi.

Bir daqiqadan kam davom etgan video platformaning YouTube sahifasida namoyish qilindi.

“HBO Max Garri Potter haqidagi mashhur kitoblarga aniq moshlashtirilgan birinchi teleserialga buyurtma berdi”, - deya qayd etdi platforma.

Striming xizmati ma’lumotlariga ko’ra, ushbu serial jami yetti mavsumdan iborat bo’ladi. Bunda mavsumlar Garri Potter kitoblarining har biri uchun bittadan to'g'ri keladi.

Shu bilan birga, teleserialdagi aktyorlar butunlay yangi bo’lishi aytilmoqda. Striming platformasi hozirda serial uchun ssenariychi va bosh prodyuser qidirmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Warner Bros. Discovery mashhur Garri Potter haqidagi serialni yangi aktyorlar bilan tasvirga olishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilingan edi. Bloomberg xabariga ko'ra, kitoblar muallifi Joan Rouling serialning asl nusxaga yaqinligini nazorat qilish uchun ishtirok etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga