Aktrisa Yodgora Ziyamuhamedova 74 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr, kino va dublyaj aktrisasi Yodgora Ziyamuhamedova 74 yoshida vafoti etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi va Kinoarboblar ijodiy uyushmasi axborot xizmatlari xabar berdi.

Yodgora Ziyamuhamedova 34 yildan ziyod O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida samarali ijod qilib, sahnada 100 ga yaqin turli obrazlarni yaratgan.

Uning “Qizil shapkacha”da Qizil shapka, “Zumrad va Qimmat”da Qimmat, “Farzandim jigarbandim”da Sanobar, “Sening taqdiring”da Nazira, “Yarash-yarash”da Pokiza, “Burgut”da Gulnur, “Birinchi muallim”da Oltinoy kabi obrazlari mashhur.

Aktrisa televideniye va kino sohalarida ham samarali ijod qilib, ayniqsa, bolalar uchun mo‘ljallangan “Oqshom ertaklari” ko‘rsatuvini 25 yil davomida olib borgan.

"Uzreport" axborot agentligi aktrisaning oila azolariga o'z taziyasini izhor etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91810 | Инструменты