Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Davlat akademik katta teatrining yangi ijodiy mavsumi boshlandi
Shu munosabat bilan o'tkazilgan matbuot anjumanida teatr direktori Baxtiyor Yoqubov mamlakatimizda teatr san'atini yanada rivojlantirish, bu borada erishilgan yutuqlarni keng targ'ib etish, san'atning mazkur yo'nalishi yordamida yoshlar qalbi va ongiga vatanparvarlik, fidoyilik, halollik kabi chin insoniy fazilatlarni chuqur singdirishga alohida ahamiyat qaratilayotganini ta'kidladi.

Ijodiy jamoaning yangi mavsumi rang-barang va turli qiziqarli tadbirlarga boyligi bilan ahamiyatlidir. "O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi" jamg'armasi hamkorligida amalga oshiriladigan turli ijodiy loyihalar, konsertlar, spektakllar premyeralari shular jumlasidandir. Yangi mavsumda yangi opera va balet spektakllari bilan bir qatorda o'zbek opera san'atining yorqin namunalaridan bo'lgan "Tohir va Zuhra" operasi ham tomoshabinlar e'tiboriga havola etiladi. Shuningdek, Yaponiya, Germaniya, Rossiya, Ukraina va boshqa davlatlarning san'atkorlari, orkestrlari, dirijorlari, balet truppalari bilan keng hamkorlikning yo'lga qo'yilishi ko'zda tutilgan.
- Yurtingizga avval ham kelganman. O'zbek musiqasi, opera san'atiga juda qiziqaman, – deydi germaniyalik dirijor Pyer Domenik Ponelle.- Safarim davomida mazkur jamoaning "Muhabbat sharobi" spektakliga dirijorlik qilaman. Mamlakatingizda san'atning barcha yo'nalishlari kabi opera va balet rivoji yo'lida ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik, o'zbek tomoshabinining san'atni juda teran va nozik tushunishi, qadrlashi tahsinga loyiq. Safar asnosida Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Ellikqal'a, Nukus kabi shaharlarni ziyorat qilishni rejalashtirganman.
Matbuot anjumanida teatrning kelgusi rejalari, ma'naviy-ma'rifiy dasturlari xususida jurnalistlarga atroflicha ma'lumot berildi. Yangi mavsum Sulaymon Yudakovning "Maysaraning ishi" operasi bilan boshlandi, deb xabar beradi O'zA.
Baholash:
0
0
Baho berish uchun tizimga kiring.
Kirish