Huawei 2
Bobomurod Hamdamov, Sherali Jo‘rayev va Abdurauf Olimov qo'shiqlaridan litsenziyasiz foydalanish taqiqlandi

2022-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Bobomurod Hamdamov, O‘zbekiston xalq artisti, Navoiy mukofoti sovrindori Sherali Jo‘rayev va Abdurauf Olimov asarlaridan litsenziya shartnomasi tuzmasdan har qanday shaklda va usulda foydalanish taqiqlanadi.

Mazkur taqiq O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (1034-modda) muvofiq amal qiladi.

Taqiq ularning asarlaridan ommaviy foydalanish, tarqatish va barcha ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va turli ijtimoiy kanallar, platformalar va veb-saytlarda joylashtirish, shuningdek, asarlardan ommaviy tadbirlar va tantanalarda foydalanishga taalluqlidir.

Eslatib o‘tamiz, mualliflik huquqi egalarining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish, ularning asarlaridan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin “Uylanamiz” qo'shig'i ijrochisi mualliflik huquqini buzganligi uchun javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga