Hamid Olimjon va Zulfiya hayotiga bag'ishlangan badiiy film suratga olinmoqda

“O'zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “New sight media” ijodiy studiyasi tomonidan shoir, dramaturg, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon va shoira Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag'ishlangan «Muhabbat bahori» nomli badiiy film suratga olinmoqda.

Mazkur filmning suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlari hamda Qo'qon shahrida bo'lib o'tmoqda. Film rejissyori Ibrohim Rasulov, ssenariy mualliflari Mikoil Sulaymonov va Zulfiya Qurolboy qizi, postanovkachi operator Tal'at Mansurov.  Filmda rollarni Hamza Hasanov (Hamid Olimjon), Shahnoza Hojimurodova (Zulfiya), Shohida Ismoilova, Mehriddin Rahmatov va mohir aktyorlar ijro etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22504 | Инструменты