Huawei 1
"Jadidlar" kitoblar toʻplamini nashr etishga qariyb 1,5 mlrd so'm sarflandi - Alisher Sa'dullayev

Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, “Jadidlar” kitobi to‘plamini tayyorlash va 23 ming (har bir to‘plamda 8 ta kitob jami 184 mingta) nusxada chop etish uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 1 mlrd 416 mln 800 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

To‘plamdagi har bir kitobni yozish uchun mualliflarga 10 million so‘mdan gonorar puli berilgan. Har bir to‘plam o‘rta hisobda 61 600 so‘mga (har bir kitobcha esa 7 700 soʻmga) to‘g‘ri kelmoqda.

“Jadidlar” kitoblar toʻplami nega bepul tarqatilmoqda degan savolga ham javob berib o'tilgan.

“Jadidlar” kitobi to‘plamini aholi, jumladan, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish orqali ma’rifatparvar jadid bobolarimiz haqida har bir yoshning xabardorligini oshirish asosiy maqsad qilingan. Bu kitoblarning targ‘iboti uchun mablag‘ ajratilmagan.

Bugungacha 2 200 ga yaqin kitoblar tarqatildi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilganlarga, professor-oʻqituvchilarga, talabalarga, oʻquvchi-yoshlarga, vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlariga — barcha murojaat qilganlarga birdek kitoblar yetkazib berilmoqda", - deya ta'kidlamoqda Alisher Sa'dullayev.

Shuningdek, “Jadidlar” kitoblar to‘plamini avgust-sentabr oylari davomida maktablar, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalariga — barcha ta’lim tashkilotlarining kutubxonalariga mutlaqo bepul yetkazish rejalashtirilganligi aytilmoqda.

"Kitoblar ta’lim muassasalariga to‘liq yetib borganidan so‘ng, sentabr oyidan boshlab sotuvga chiqarmoqchimiz. Agar ta’lim muassasalariga toʻliq yetib bormasdan turib sotuvga chiqsa, bitta narsadan qoʻrqyapmiz, yarim yoʻlda oʻsha kitob sotuvga chiqib ketishi mumkin.

Shu sababli avval barcha ta’lim tashkilotlariga bepul yetib borishini ta’minlab, ana undan keyin sotuvga chiqarilishi mumkin", - deya aytdi agentlik rahbari.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga