Shoir Azim Suyun olamdan o'tdi
Bugun 9 mart kuni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun olamdan o'tdi. Bu haqida O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi xabar qildi.
Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nurota tizma tog‘lari etagiga joylashgan Quduqcha qishloqida tug‘ilgan. Faoliyati davomida G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Xalq so‘zi», «O‘zbekiston ovozi» gazetalarida, "Guliston" jurnalida xizmat qilgan. Uzoq yillar davomida "Guliston" jurnalida bosh muharrir bo‘lgan.
Azim Suyunning she’riy turkumlari turk, ingliz, arab, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq va boshqa tillarda chop etilgan.
Uning o'zbek tilida «Mening osmonim», «Zarb», «Zamin taqdiri»,«Xayolot», «Ziyo yo‘li», «Jazo», «Olis tonglar», «Kuyganim - suyganim», «Qora ko‘zing sening», «Sarbadorlar» kabi to‘plamlari chop etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты