Shoir, yozuvchi va dramaturg Mengliboy Murodov 81 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, yozuvchi va dramaturg Mengliboy Murodov vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Mengliboy Murodov 1942-yilning 15-mayida Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Shodibek qishlog‘ida ziyoli oilasida tavallud topgan. Buxoro davlat pedagogika institutida (1961–1966) tahsil olgan.

Marhumning “Mehr” nomli birinchi sheʼriy kitobi 1966-yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng u “Xosiyatli kun” (2001), “Diydor” (2002), “Yuragimda borin aytdim” (2005) nomli sheʼriy to‘plamlar, “Gunoh” (2008), “Savob” (2011) nomli romanlar, “Mening bola qalbim” (2009) qissasi, hamda “Ko‘ngildagi qo‘shiqlar” (2012), “Umidli dunyo” (2022) kitoblarini yozdi.

Adibning “Gunoh” romani respublikamiz mustaqilligining 17 yilligida o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovida faxrli 3-o‘rinni oldi.

"Uzreport.news" jamoasi Mengliboy Murodovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101300 | Инструменты