Toshkentga madaniy tadbir doirasida Turkiyaning taniqli aktyorlari keladi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 24–27-sentyabr kunlari Toshkent shahrida “Turkiya-O‘zbekiston madaniyat va san’at uchrashuvlari” madaniy tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, dastur doirasida o‘zbek va turk san’at ustalarining qo‘shma konserti hamda “Turkiya kino kunlari” tashkil etiladi.

24-sentyabr kuni soat 19:00 da “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida qo‘shma konsert dasturi namoyish etiladi. 

Kirish bepul. Konsertga tashrif buyurish uchun joyingizni avvaldan iTicket.uz orqali band qilishingiz mumkin.

"Turk kino kunlari” tadbirlarning tantanali ochilish marosimi 25-sentyabr kuni soat 18-30da bo‘lib o‘tadi. Unda taniqli turk aktyorlari Engin Altan Düzyatan, Özge Gürel, Serkan Çayoğlu, Deniz Barut va Emre Karayel ishtirok etib, o‘zbek tomoshabinlari bilan uchrashadilar.

Bu kunlarda turk kinematografiyasining sara filmlari namoyish etiladi. 
Jumladan:
25-sentyabr, soat 19:00 — “Ajdodlar sadosi”;
26-sentyabr, soat 19:00 — “Kesilgan daraxtdek”;
27-sentyabr, soat 19:00 — “Baxtlimizmi?”;
28-sentyabr, soat 19:00 — “Qara, pochtachi kelyapti”;
29-sentyabr, soat 19:00 — “Izquvar Reptir”.


Manzil: O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyi. Barcha filmlar namoyishi bepul. Barcha kino ixlosmandlarini 25–29-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Turk kino kunlari”ga taklif etamiz.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92115 | Инструменты