Joriy yilning 25-30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” II xalqaro raqs festivali boʻlib oʻtadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, YUNESCO shafeligida oʻtkazilayotgan “Lazgi” II xalqaro raqs festivalida bugunga qadar 18 ta davlatdan (Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Belarus, Rossiya, Turkiya, Qirgʻiziston, Serbiya, Braziliya, Pokiston, Italiya, Koreya, Indoneziya, Misr, Hindiston, Ozarbayjon, Eron) 20 ta raqs guruhlarining festivalga ishtirok etish istagi bildirilgan. Misr, Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston madaniyat vaziri hamda AYSESO bosh direktori festivalda Faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.
Ayni vaqtga qadar 5 ta (Germaniya, Koreya, Oʻzbekiston, AQSH, Qozogʻiston) davlatdan hakamlikka nomzodlik uchun ariza kelib tushgani, “Lazgi” xalqaro raqs festivalini doirasida tashkil etiladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun 50 ga yaqin mahalliy olimlarning, 25 dan ortiq xorijiy olim va soha vakillari, xususan: Hindiston; XXR (oflayn); AQSH (oflayn); Rossiya (oflayn); Turkiya (oflayn); Misr (oflayn); Qozogʻiston va boshqa davlat vakillaridan festivalda ishtirok etish toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.
Festivalning ochilish marosimi 25-aprel kuni tantanali ravishda tashkil etilishi va taniqli sanʼatkorlar ishtiroki rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, 2022-yili Xorazm viloyatining Xiva shahrida boʻlib oʻtgan “Lazgi” xalqaro raqs festivali dunyoning 30 davlatidan 175 dan ziyod raqqosalar, raqs jamoalar, raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, mutaxassislar, faxriy mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты