Huawei 2
Amerika kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga faol jalb etiladi

24-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yuta shtati Senati prezidenti Styuart Adams va The Stirling Foundation prezidenti Miles Xansen boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Yuta shtati va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Amerika kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarda ishtirok etish istiqbollarini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, turizm, tog‘-kon sanoati, energetika, axborot texnologiyalari, moliya sektori kabi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish, Amerika kompaniyalarini O‘zbekiston bozoriga jalb etish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib oldilar.

Jamg‘arma prezidenti M. Xansen 2023-yil dekabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurib, maktablarni kompyuterlar bilan ta’minlash, ingliz tilini o‘qitishni tashkil etish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus maktablarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga qiziqish bildirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga