Huawei 1
Aprel oyi uchun iste'molchilarga 40 mlrdga yaqin keshbek to'lab berildi

Aprel oyi uchun iste‘molchilarga 40 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘lab berildi. Bu haqda Davlat Soliq xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma'lum qildi.

Xabarda ta'kidlanishicha, aprel oyida 427 ming nafar iste'molchi tomonidan 8 milliontaga yaqin chek "Soliq" mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan  7,5 milliontaga yaqin cheklarga 61,4 mlrd so‘m keshbek hisoblangan. 27-may holatiga ko'ra, 340 mingdan ortiq iste'molchilarga 38,6 mlrd so‘m keshbek to‘lab berilgan.

Shuningdek, qolgan keshbek summalari esa tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi hamda soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinganidan so'ng avtomatik tarzda to‘lab borilishi ham ma'lum qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100613 | Инструменты