Huawei 1
"Cobalt" 2022-yilda Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi

Qozog‘iston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda mamlakatda jami 123 778 dona yangi yengil va tijoriy avtomobillar xarid qilingan bo‘lib, eng talabgir avtomobil brendlari reytingida "Chevrolet" yetakchilik qildi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston avtomobil bozorida "Chevrolet" 34 289 dona (27,7 %) sotuvdagi ulushi bilan yetakchiligini mustahkamlagan. "Hyundai" 28 864 (+27 %) sotuv bilan ikkinchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, "Kia" 14 421 (11,65 %) dona avtomashina sotib reytingda uchinchi bo‘ldi. "Toyota" esa 9622(30,5%) dona bilan to'rtinchi o'rinni egalladi. Shuningdek, "Lada" 7386 dona (21%) bilan beshinchi, "Chery" 4464 dona bilan oltinchi o'rinda, "Jac" 3371(22,9%) dona bilan yetinchi o'rinni egalladi. Quyi pog'onalarda, "Lexus" 2540 dona bilan 8-o'rin, "Exeed" 1876 dona bilan 9-o'rin, "Haval" 1500 dona bilan TOP-10 talikni yakunlamoqda. 

Qozog‘istonliklar tomonidan eng ko‘p xarid qilingan avtomobil modellari orasida "Cobalt" 23 178 dona sotuvi bilan birinchilikni saqlagan holda, eng talabgir model bo‘lib 2022-yilni yakunlagan. Shuningdek, ikkinchi pog'onani "Hyundai Tuscon" avtomobili 8862 dona sotuvi bilan egallamoqda. Uchinchi o'rinni esa, "Chevrolet Nexia" 7145 dona bilan egalladi. Ro'yxatning keyingi o'rinlarida esa "Hyundai Elantra" - 4981 dona, "Hyundai Sonata" - 4563 dona "Toyota LC Prado" - 3511 dona, "Kia Sportage" - 3321 dona, "Hyundai Accent" - 2970 dona, "Hyundai Santa Fe" - 2969 dona va "Lada Granta" - 2793 dona bilan TOP-10 talikni yakunlamoqda. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qozog'istonning Qo‘stanay viloyatida Kia avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. “Mashinaning sifati juda yaxshi. Shuning uchun talab yuqori bo'ladi, deb o'ylayman. Korxonani yanada kengaytirish uchun investorlarni taklif qilamiz”, — degan edi prezident To'qayev. 

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70311 | Инструменты