Huawei 2
Davlat budjetiga 2024-yilning birinchi choragida 40,3 trillion so‘mlik soliq tushumlari tushgan

Joriy yilning I choragida byudjetga 40,3 trln.so‘mlik soliq tushumlari taʼminlandi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 trln so‘mga (6%) ko‘p

2023 yil yakuni bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq tushumlari 8 baravarga (8,8 trln so‘mdan 70,7 trln so‘mgacha) o‘sishi bilan birga ularning YAIMdagi ulushi 3,8 foiz punktga o‘sdi (YAIMga nisbatan 2,8 dan 6,6 foizgacha).

Bilvosita soliqlar bo‘yicha tushumlar 2,8 baravarga (18,2 trln so‘mdan 51,5 trln so‘mga) oshgan holda ularning ulushi YAIMning 5,7 foizidan 4,8 foizigacha - 0,9 foiz punktga kamaydi.

Pensiya jamg‘armasi daromadlari yanvar-mart oylarida 10,9 trln so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 trln so‘mga (117%) oshdi.

Xuddi shunday EHF orqali tovar aylanmasi I chorakda 378,1 trln so‘mni tashkil etib, 25% o‘sdi.

Soliq qonunichiligiga 1 apreldan joriy etilgan va keng muhokamalarga sabab bo‘lgan yana bir o‘zgarish – dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda xizmatlarga QQS imtiyozi bekor qilindi.

2024 yilning birinchi choragida tadbirkorlik subyektlariga QQS qoplash bo‘yicha jami 7 072 ta korxona murojaat qilgan bo‘lib, shundan 2 138 tasining 5 388,0 mlrd so‘m QQS summasi qoplab berilgan.

Shuningdek, 4 934 ta korxonaning 5,3 trln so‘mlik murojaati soliq hisobotlarida va risk darajasi yuqori bo‘lganligi sababli rad etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga