Huawei 1
Joriy yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 42 mingdan ortiq murojaat yo‘llangani ma'lum qilindi

2024-yil yanvar-may oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 42 228 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

— 38 735 tasi xarid cheki bermaslik;
— 1 940 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
— 91 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
— 1 462 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 20 272 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

Murojaatlar asosida 13 044 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,1 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 14 435 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 9,8 mlrd soʻm mukofot to‘langan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92809 | Инструменты