Huawei 1
Kiberxavfsizlik sohasida O‘zbekiston o‘sish ko‘rsatkichi yuqorilangan davlatlardan biri bo‘ldi

Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi (ITU) tomonidan "Global Cybersecurity Index 2024" reytingining yangi nashri taqdim etildi

Hisobotga ko‘ra, mamlakatlar rivojlanish darajasiga ko‘ra beshta guruhga ajratilgan.

O‘zbekiston Kanada, Isroil, Avstriya, Shveysariya kabi mamlakatlar bilan birgalikda "Tier 2" (Advancing) guruhiga kiritildi. Xususan, 2024-yilda mamlakatning ko‘rsatkichi +18.09 ballga yuqorilab, 89,2 ni tashkil qildi. 2020 yilda eʼlon qilingan hisobotda O‘zbekiston 71,11 ko‘rsatkichni qayd etgan edi.

Maʼlumot uchun, Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi telekommunikatsiya va radioaloqa sohasidagi tavsiyalarni belgilaydigan xalqaro tashkilotdir. 1865-yilda Xalqaro telegraf uyushmasi sifatida tashkil etilgan, 1947-yildan buyon BMTning ixtisoslashtirilgan tashkiloti bo‘lib hisoblanadi. XEI tarkibida 193 mamlakat, 700 dan ortiq sektor va assotsiatsiyalar mavjud (ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari, davlat va xususiy telekommunikatsiya operatorlari, radioeshittirish kompaniyalari, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62510 | Инструменты