Metallurgiya sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishda vaziyat qanday?
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatimizda 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 55,2 trln. so'm qiymatga teng bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. 2019 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan mazkur tarmoqning fizik hajm indeksi 103,7 % ni tashkil etdi.
Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati 56,7 %, Toshkent viloyati 36,2 %, hamda Toshkent shahri 5,6 % hissasiga to'g'ri keldi.
Ma'lumot o'rnida, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 859,4 mln. AQSH dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bu respublika umumiy eksport hajmining 6,9 % ini tashkil etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122118 | Инструменты