Mirishkorda 48,5 mlrd soʻmlik paxta va chigitni qayta ishlash zavodlari poydevoriga tamal toshi qoʻyildi

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Pomuq qishlogʻida "Original cotton Mirishkor" MCHJ tomonidan umumiy qiymati 48,5 mlrd soʻmlik paxta va chigitni qayta ishlash zavodlarini qurish ishlari boshlanib, poydevoriga tamal toshi qoʻyildi.

Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari Ulugʻbek Uzakov, Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi Oblamurod Boymirov, Mirishkor tumani hokimi Sherali Sanayev va sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

Dastlab, Qurʼon tilovat qilinib, qurilish ishlarida ishtirok etuvchilar va keksa avlod vakillari uchun dasturxon yozilib, osh tortildi.

Oʻsimlik yogʻini ishlab chiqarish va paxtani qayta ishlash loyihasi uchun Pomuq qishlogʻi "Yangi qishloq" mahallasi hududidan 7,9 gektar yer maydoni ajratilgan. 

Loyiha ishga tushirilishi natijasida 700 nafar fuqaroning bandligi taʼminlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32201 | Инструменты