2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston qiymati 27,3 mln AQSH dollariga teng 45,6 ming tonna xurmo eksport qilgan.
Ushbu mahsulot eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,5 ming tonnaga oshgan.
Yil boshidan beri eksport qilingan xurmolarning eng ko'pi Rossiyaga yetkazib berilgan.
Quyida bu meva eng ko'p qaysi hududlarga qancha miqdorga yetkazib berilgani bo'yicha ro'yxat keltirilgan:
Rossiyaga – 26,2 ming tonna
Qozog‘istonga – 15,3 ming tonna
Qirg‘izistonga – 2 ming tonna
Turkmanistonga – 1,3 ming tonna
Belarusga – 776 tonna
Polshaga – 43 tonna
Avvalroq, O'zbekistonning qaysi viloyati o'tgan 10 oyda meva va sabzavotlar eksportida yetakchi o'rinda bo'lgani haqida xabar bergandik.
Shu bilan birga, O‘zbekiston 10 oyda deyarli 1 mlrd dollarga teng 1,4 mln tonna meva va sabzavot eksport qilgani, O'zbekistonda endi yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavotlarni sug'urta polisisiz eksport qilish imkoniyati berilgani ma'lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61911 | Инструменты