Huawei 2
O‘zbekiston 3 oyda 184 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston jahonning 184 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 15,8 mlrd AQSH dollariga yetkazgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19 %), Rossiya (17,7 %), Qozog‘iston (5,9 %), Turkiya (4,1 %) va Koreya Respublikasida (3,4 %) qayd etilgan.

Eksport – 6,4 mlrd

Import – 9,4 mlrd

2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida):

— Xitoy – 3 mlrd

—  Rossiya – 2,8 mlrd

—  Qozog‘iston – 937,7 mln

—  Turkiya – 656,3 mln

—  Koreya – 544,1 mln

—  Fransiya – 337,1 mln

—  Germaniya – 268,1 mln

—  Turkmaniston – 235,2 mln

—  Afg‘oniston – 224,8 mln

—  Hindiston – 213 mln

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga