Boston Consulting Group konsalting kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston avtomobil bozori 2030-yilgacha har yili o‘rtacha 6 foizga o‘sadi.
Kompaniya boshqaruvchi direktori va hamkori Juzeppe Kollinoga ko‘ra, bozor rivojlanishi uchta ssenariy asosida baholanishi mumkin — asosiy, optimistik va konservativ — bunda YIM o‘sish sur’ati, valyuta kursi va Markaziy bank asosiy stavkasi hal qiluvchi omillar bo‘ladi.
Uning qayd etishicha, avtomobil sektori yaqin 3–5 yilda rivojlanishiga quyidagi uch asosiy tendensiya ta’sir qiladi:
Kollinoning fikricha, uzoq muddatli istiqbolda bozor taklif tanqisligidan talabga asoslangan modelga o‘tmoqda.
Bozor yangi bosqichga kiryapti — xalqaro va mintaqaviy elektromobil brendlari hisobiga raqobat kuchaymoqda. Endi sohada faqat avtomobil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida emas, balki butun ekotizimlar — ishlab chiqaruvchilar, ehtiyot qismlar yetkazib beruvchilar, banklar, ilmiy-tadqiqot markazlari va davlat tashkilotlari o‘rtasida kechadigan raqobat paydo bo‘lmoqda. Kelajakdagi muvaffaqiyat aynan ularning muvofiqlashtirilgan hamkorligiga bog‘liq bo‘ladi.
“Biz butun dunyodan yangi ishtirokchilarning kirib kelayotganini ko‘ryapmiz. Ular soha odatiy qoliplarini butkul o‘zgartiryapti — yangi mahsulotlarni bozorga tez chiqarishdan tortib, avtomobillardagi dasturiy ta’minot rolini kuchaytirishgacha. Shu bilan birga ular sifatli mahsulotlarni maqbul narxlarda taklif qilmoqda. Raqobat juda muhim — aynan raqobat sohani tirik qiladi. Va biz avtomobil sanoatining iqtisodiyotdagi o‘sib borayotgan o‘rnini tan olishimiz kerak”, degan u Toshkentdagi Xalqaro Investitsiya Forumi doirasida o‘tgan “Sanoat: yangi salohiyatni kashf qilish” sessiyasida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62009 | Инструменты