O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha farmatsevtika sanoati uyushmasi prezidenti Kshishtof Kopes bilan uchrashuv o'tkazdi.
Unda, shuningdek, Polshaning ushbu tarmoqdagi eng yirik "Polpharma Group" va "Adamed" kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi.
Muzokaralarda O'zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Polyak tomoni O'zbekistonda xorijiy investorlar, xususan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni yuqori baholadi va "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini yaratish borasidagi ishlarga qiziqish bildirdi.
O'lib o'tgan uchrashuv yakunida Polsha farmatsevtika sanoati uyushmasi delegatsiyasining O'zbekistonga xizmat safarini uyushtirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120322 | Инструменты