Huawei 2
O'zbekistonning mebel eksporti 841 ming dollarga oshdi

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga, O'zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 2 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 841 ming AQSH dollariga ko'p.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan mebel mahsulotlarining eng katta ulushi Qozog'iston (763,9 ming), Qirg'iz (619,3 ming), Tojikiston (294,2 ming) va 146,6 ming AQSH dollari bilan Rossiya hissasiga to'g'ri kelgan.

2020 yilning 1 sentyabr holatiga, eksport qilingan mebel mahsulotlarining hududlar bo'yicha eng ko'p ulushi:

Toshkent shahri – 846,4 ming
Toshkent viloyati – 470,5 ming
Andijon viloyati – 184,3 ming
Namangan viloyati – 138,9 ming
Buxoro viloyati – 131,6 ming AQSH dollari
Ma'lumot o'rnida, bu yil O'zbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga