Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat hokimligi mas’ullari, viloyatimizning yirik tadbirkorlaridan iborat Farg‘ona viloyati delegasiyasining Germaniya va Avstriyaga amaliy tashrifi davomida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida qiymati 169 mln dollar bo‘lgan misdan sim, quvur va folga mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
“MB Qo‘qon-7” MCHJ va “Mark Arinstein Maschinen & Anlagen GmbH” kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning 1-bosqichini yo‘lga qo‘yishni tezlashtirish maqsadida Avstriyaning Gmunden shahridagi “Niehoff Gruppe”, “ASMAG” va “UP CAST” kompaniyalaridagi ishlab turgan zavodlar faoliyati o‘rganildi.
Muzokaralar natijasida loyihaning birinchi bosqichini ishga tushirish yuzasidan investision shartnoma imzolandi. Korxonaning ishga tushishi natijasida yillik 25 ming tonna misni qayta ishlab, qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish imkoni yaratiladi, ishlab chiqarilgan sim, quvur va folga mahsulotlari ichki bozorga hamda eksportga yo‘naltiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21007 | Инструменты