Huawei 1
Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi $1,5 mlrd ga yetdi

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2024 yil yanvar-mart oyidagi savdo aloqasi tahlil qilindi. 

Qayd etilishicha, yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi $1,5 mlrd ga yetdi, bu umumiy tashqi savdo hajmining 9,4%ini tashkil etadi.

Eksport hajmi $528,9 mln.

Import hajmi $954,9 mln.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozog‘iston hissasiga – 63%, qolgan qismi: Turkmaniston – 16%, Qirg‘iziston – 11% va Tojikiston – 10% to‘g‘ri keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga