Huawei 1
Birjada ilk marta g'alla bo'yicha ochiq savdo o‘tkazildi

Prezidentning 2022-yil 28-maydagi 262-sonli “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 1-iyuldan O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida g‘alla mahsulotini ochiq birja savdolariga qo‘yish boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi axborot xizmati xabar qildi.

Savdolarning ilk kuni fermer va klasterlar tomonidan 16 395 tonna g‘alla ochiq birja savdolariga qo‘yildi. Undan 8 007 tonna qismi, ya’ni 48,8% hajmi sotildi. Ta’kidlanishicha, birjaning bug‘doy bozorida taklif etilgan mahsulot hajmi yetarli bo‘ldi.

O‘tkazilgan birja savdo yakunlariga ko‘ra bug‘doyning o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 3 227,0 ming so‘mni tashkil qildi. Birjada g‘alla bo‘yicha shakllangan kotirovka uning boshlang‘ich narxi (3 041,9 ming so‘m)ga nisbatan 5,7% ga o‘sdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91701 | Инструменты