Huawei 1
Markaziy bank 1-iyundan banklar uchun kichik biznesni kreditlash bo‘yicha talablarni soddalashtiradi

Markaziy bank boshqaruvining “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori Adliya vazirligida 2025-yil 21-aprelda 2693-13-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar banklar moliyaviy barqarorligini taʼminlash uchun kapital monandligi bo‘yicha talablarni Bazel 3 standartiga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.

Ushbu hujjatga muvofiq banklar I darajali qo‘shimcha kapitali tarkibiga (AT1) kapitalga tenglashtirilgan nokumulyativ muddatsiz vositalar kiritilishi mumkinligi belgilandi hamda kapital vositalariga belgilangan talablar yuqorida qayd etilgan standart talablariga muvofiqlashtirildi.

Shu bilan birga, 2025-il 1-iyundan boshlab kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan jami qoldiq summasi bank regulyativ kapitalining 0,2 foizidan oshmagan, biroq eng ko‘pi bilan 15 mlrd so‘mgacha kreditlarga nisbatan 75 foizli tavakkalchilik darajasi belgilandi.

Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar banklarning barqarorligini taʼminlash va kapitallashuv darajasini oshirishga hamda ular tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42421 | Инструменты