Huawei 2
29-iyul: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* 2021-22-yilgi mavsumda futbolka sotuvidan eng ko'p daromad qilgan klub bu Myunxenning "Bavariya" klubi bo'lib turibdi. Klub 3,25 mlnga teng futbolka sotgan, eng yaqin ta'qibchi MYUda bu ko'rsatkich 3,16 ga teng;

* Mark Kukurelya "Manchester Siti"ga o'tmoqchi. "Brayton" esa Mark uchun 50 mln funt talab qilmoqda;

* "Real Madrid" "Chelsi"ning 20 yoshli hujumchisi Broyani sotib olish uchun rasmiy taklif jo'natdi. Futbolchi hozirda APL klubida ijarada to'p suradi;

* Ser Aleks Fergyuson yana MYUga qaytib, klub direktori Richard Arnoldning maslahatchisi vazifasini bajaradigan bo'ldi;

* Ronaldu o'zi haqida yozilgan "Instagram"dagi postga quyidagicha sharh qoldirdi: "Qirol yakshanba kuni o'ynaydi". Yakshanba kuni MYU "Rayo Valyekano"ga qarshi 2-tarkibida o'ynashi ma'lum qilingan;

* Timo Verner "Leysig"ga qaytish uchun o'z maoshining 50% qisqarishiga ham rozi. Germaniyaliklar Timoni sotib olish sharti bilan ijaraga olishlari mumkin;

* "Everton" "Chelsi" a'zolari Ross Barkli, Gilmor hamda Mishi Batshuayi singari futbolchilarni o'z safiga qo'shib olmoqchi;

* Saloh: "Men "Liverpul" bilan barcha sovrinlarni yutganman. Qatorasiga kuboklar yutish — mening mentalitetim";

* "MATCH TV" telekanalining bosh prodyuseri Aleksandr Tashin Rossiya APL o'yinlarini translyatsiya qilmasligi haqidagi xabarni tasdiqladi;

* "Real Madrid" Ryudiger hamda Tchuamenini La Liga yangi mavsumi uchun rasman ro'yxatdan o'tkazdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga