Huawei 1
Bugun “Nasaf“ o‘z maydonida guruh peshqadami bilan o‘ynaydi

Bugun, 2 oktyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasining “D” guruhida 2-tur bahslari start oladi.

Unda Qarshining “Nasaf“ jamoasi BAAning “Shabab Al Ahli“ klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu o‘yin “Markaziy” stadionida mahalliy vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Uchrashuvni eronlik Payam Heydari bosh hakam sifatida boshqarib borsa, unga qanotlarda hamyurtlari Farhod Moravveji va Farhod Farhodpur yordam beradi. 

Shuningdek, O‘mondagi “Amman International” stadionida “Al Husayn” (Iordaniya) va “Quvayt SK” (Quvayt) klublari bahsi bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv esa mamlakatimiz vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. 

Maʼlumot o‘rnida: “D” guruhida birinchi turdan so‘ng “Shabab Al Ahli” 3 ochko bilan birinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Nasaf” va “Quvayt SK” klublari 1 ochko bilan ikkinchi hamda uchinchi pog‘onadan joy olgan. “Al Husayn” jamoasi ochkosiz so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты